25 avg 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Ankalaev - Ozdemir jangi boshqa sanaga ko'chirildi
Rossiyalik UFC jangchisi Magomed Ankalaev ishtirokidagi jang belgilangan muddatdan keyinroq o'tkaziladigan bo'ldi.
Aniqrog'i, 4 sentyab kuniga belgilangan UFC Fight Night turniridan o'rin olgan Magomed Ankalaev - Volkan Ozdemir jangi UFC 267 turniriga ko'chirildi. UFC 267 turniri esa 30 oktyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahridagi "Janglar oroli"da o'tkaziladi.
Ushbu kard tom manoda rossiyalik jangchilar uchun atalgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Turnirda Pyotr Yan, Islam Maxachev, Aleksandr Volkov, Zubayra Tuxugov, Tagir Ulanbekov, SHamil Gamzatovlar jang qilishadi. Endi ular orasiga Magomed Ankalaev ham qo'shildi. Kelib chiqishi chechenistonlik bo'lgan Xamzat CHimaev ham aynan shu kardda jang qiladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar