24 apr 19:10
Yangiliklar
Futbol

APLda Oltin qo'lqop uchun asosiy davogar malum bo'ldi
Kecha Angliya premer-ligasi 29-turi doirasidagi Arsenal - CHelsi uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda «Kanonirlar» 5:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Bu bahs mezbonlar posboni David Rayya uchun mavsumdagi 14-"quruq o'yin"ga aylandi.
Ispaniyalik darvozabon keyingi 4 ta o'yinning kamida bittasida gol o'tkazmasa APLda «Oltin qo'lqop» sovrinini qo'lga kiritadi.
Sababi uning eng yaqin taqibchisi Jordan Pikford hisobida 10 ta "quruq o'yin" bor. Agarda Pikford Rayyaga etib olsa ham kamroq uchrashuvda maydonga tushgani uchun «Arsenal» posboni sovringa ega chiqadi.
Havola :
Manba : x.com/afcstuff
O’xshash yangiliklar
13:23
Boboqulova chempion. Bokschi qizlarimiz "Buyuk ipak yo'li" turnirini 5 ta medal bilan yakunlashdi 0
Fikrlar