27 avg 08:10
Yangiliklar
Boks/MMA

AQSHda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan bokschini otib ketishdi
Amerikalik bokschi Xose Benavides (25-0, 16 KO) o'z ona shahri Arizona shtatining Finiks shahrida nomalum shaxs tomonidan otib ketildi.
Bu bokschi yarim o'rta vazn toifasida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelyapti. Benavides o'z iti bilan bog'da sayr qilib yurgan bir paytda nomalum shaxs uning oyog'iga qarata o'q uzgan va voqea joyidan g'oyib bo'lgan.
Xoseni tezda Finiks shahridagi shifoxonaga olib borishgan. Benevidesning jarohati jiddiy emas. Lekin u malum muddat shifoxonada qolishga va muolajalarni olishga majbur.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar