12 noy 09:46
Yangiliklar
Ar-Riyoddan qaytgan muzaffar dzyudochilarimiz tantanali kutib olindi + FOTOREPORTAJ
Dzyudochilarimiz uch kunlik bellashuvlarda 3 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronza, jami 10 ta medal bilan dunyoning 32 davlati orasida umumjamoa hisobida 2-o'rinni egallashdi. Aralash jamoaviy bahslarda esa finalga qadar etib borib, kumush medallarni qo'lga kiritdik. Bu bilan dzyudochilarimiz O'zbekiston sport delegaciyasining umumiy muvaffaqiyatiga ulush qo'shishdi.
Bugun tong saharda terma jamoamiz azolari Saudiya Arabistoni Qirolligidan yurtimizga qaytib kelishdi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida muzaffar dzyudochilarimiz sportimiz mutasaddilari, keng sport jamoatchiligi, dzyudochilarimizning oila azolari va ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan tantanali tarzda qarshi olindi.









Fikrlar