27 apr 14:07
Yangiliklar
Tennis
Arina Sobolenko Madridda chempionlik himoyasini boshladi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Arina Sobolenko Madridda o'tkazilayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli turnirning amaldagi g'olibasi hisoblanadi.
Belaruslik tennis malikasi chempionlik himoyasini muvaffaqiyatli boshlab oldi. U ilk davrada WTA reytingida 48-o'rinni egallab turgan polshalik Magda Linettni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 3/6, 6/3.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yanada yiriklashdi - 4:0. Ikki soatu 12 daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 10, Linett 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar 6 ga 1, breyklar 2 ga 1 ko'rinishida Arina foydasiga bo'ldi.
Endi Sobolenko uchinchi bosqichda amerikalik Robin Montgomeriga qarshi kortga chiqadi. Okean orti vakilasi ikkinchi davrada britaniyalik Keti Bulterdan 1/6, 6/3, 6/4 hisobida ustun kelgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar