11 may 09:59
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/299629_220.jpg)
Arina Sobolenkoda irodali g'alaba
Dunyoning ikkinchi raketkasi Arina Sobolenko Rimda davom etayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirning uchinchi davrasiga yo'l oldi.
Belaruslik tennis malikasi ikkinchi davrada WTA reytingida 109-pog'onada borayotgan amerikalik Keti Volinecni irodali tarzda mag'lub etdi - 4/6, 6/2, 6/2. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi sifatida tarixga kirdi.
Ikki soatu 16 daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 3, Volinec 1 ta eys zarbani amalga oshirgan. Qo'shxatolar Arinada ko'proq bo'ldi - 4 ga 3. Breyklar bo'yicha ham ustunlik belaruslik tennischi tomonda bo'ldi - 7 ga 5.
Endi Arina Sobolenko uchinchi bosqichda Dayana Yastremskayaga qarshi kortga chiqadi. Ukrainalik tennischi ikkinchi davrada germaniyalik Laura Zigemunddan 4/6, 7/5, 6/2 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar