14 mar 09:07
Yangiliklar
Tennis

Arina Sobolenkoni Indian-Uellsda mag'lub etishdi
AQSHning Indian-Uells shahrida o'tkazilayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli turnirda to'rtinchi davra uchrashuvlari o'tkazildi.
Kutilmaganda sayyoramizning ikkinchi raqamli tennis malikasi bo'lib turgan Arina Sobolenko chorak final ostonasida mag'lubiyatga uchradi. Belaruslik tennischi WTA reytingida 23-pog'onada borayotgan amerikalik Emma Navarroga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 3/6, 6/3, 2/6.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Bir soatu 57 daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 4, Navarro 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Amerikalik tennischi faoliyatida ilk bor Top-5 reytingidan o'rin olgan raqibasini mag'lub etdi. Emma birinchi marta WTA 1000 turnirlari 1/4 finalida o'ynaydigan bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar