18 jan 09:54
Yangiliklar
Arman Carukyan Islam Maxachev bilan jangi bekor bo'lganiga munosabat bildirdi
Promoushen rahbarlari ushbu jang uchun zaxira varianti bo'lmagani uchun qiyin holatga tushib qolishdi. Bu vaziyatda Islam Maxachev ishtirokidagi jang bekor bo'lishi, Merab Dvalishvili ishtirokidagi chempionlik bahsi UFC 311 turnirining markaziy to'qnashuviga aylanishi mumkin edi.
Ammo qisqa fursatda UFC bosslari Renato Moykanoni Islam Maxachevga yangi raqib sifatida berishdi. Engil vazn toifasi UFC reytingida 10-o'rinni egallab turgan braziliyalik aralash yakkakurash ustasi aslida UFC 311 turnirida amerikalik Benil Dariushga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Markaziy jangni saqlab qolish uchun tashkilotchilar Daruishni qurbon qilishdi.
"Afsus bilan shuni malum qilmoqchimanki, vazn tashlash jarayonida belimdan olgan jarohatim UFC 311 turnirida ishtirok eta olmayman. Ha, shunday bo'lib qoldi. Bu faoliyatimdagi eng qiyin qaror bo'ldi. Meni tushunishgani uchun promoushen rahbalariga minnatdorlik bildiraman. Sabrsizlik bilan keyingi cheempionlik imkoniyati taqdim etilishini kutaman", - dedi Carukyan.
Fikrlar