So’nggi yangiliklar

19:21Пойтахтимизда IBA Nomad турнири ўтказилади (ПОСТЕР) 0 18:54"Андижон" футболчиси РПЛга йўл олмоқда 0 18:33Lausanne Grand Slam. Самариддин ва Сўғдиёна финал блокида бронза медали учун татамига чиқади 0 17:52Тошкент Осиё Паралимпия қўмитаси Бош ассамблеясига мезбонлик қилади 0 17:09Стол тенниси бўйича терма жамоамизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:30Тьерри Анри УЕФА президенти мукофотига сазовор бўлди 0 15:56Акбар Исломбоевнинг жанги co main event мақомида ўтади 0 15:03Мария Тимофеева US Open туфайли Монтеррей турниридаги иштирокини якунлади 0 14:33Нурмагомедов ўз вазнида! UFC Shanghai турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:00УЕФА Инфантинога қарши жиноий иш қўзғатишга тайёрланмоқда 0 13:18Хитой 2027 йилги «Формула-1» мавсумини очиб бериши мумкин 0 12:30Жалгас Жумагулов Ўзбекистонда жанг қилади 0 11:53Волкановски UFC 333 олдидан Евлоевни огоҳлантирди 0 11:01Озарбайжон Президенти "Сабаҳ"га катта миқдорда пул ажратди 0 10:22Бивол ва Смит чемпионлик жанги санаси ҳамда жойини келишиб олди 0

13 iyu 11:54
Yangiliklar

Boks/MMA

Arman Carukyan: "UFC’dagi jang sanam va raqibim allaqachon tasdiqlangan"

O'tgan kuni Tbilisidagi turnirda g'alaba qozongan Arman Carukyan bir haftadan so'ng Miluokidagi RAF 11 turnirida yana gilamga qaytadi.

Asli armanistonlik aralash yakkakurash ustasi shu yil UFC`dagi faoliyatini yakunlagan amerikalik Kolbi Kovington bilan gilamni bo'lishadi. SHundan so'ng Arman allaqachon tasdiqlangan UFC jangi uchun o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi.

"Tez orada mening jangim elon qilinadi. Sanasi va vaqti menga oldindan aytilgan. Sana va raqib allaqachon tasdiqlangan. Katta ehtimol bilan, bir haftadan so'ng Kovington bilan bo'ladigan bellashuv jang oldidan mening so'nggi kurash uchrashuvim bo'ladi", - dedi Carukyan Tbilisidagi RAF turniridan so'ng matbuotga bergan intervyusida.

SHuningdek, Carukyan Jastin Getjining g'alabasidan deyarli olti million dollar yutib olgan bo'lsa-da, faoliyati nuqtai nazaridan Iliya Topuriyaning engil vazn toifasida chempion bo'lib qolishi unga foydaliroq bo'lishini tan oldi.

"Getjining g'alabasi mening foydamga emas, chunki agar Topuriya g'alaba qozonganida, jang o'n barobar zo'r bo'lardi. Topuriya bilan bizning tariximiz bor va jangimiz eng shov-shuvlilaridan biri bo'lardi. Getji esa allaqachon mag'lub bo'lgan uchuvchi", - deya qo'shimcha qildi Arman.

Xabarlarga ko'ra, Arman Carukyan UFC`dagi navbatdagi jangini 19 sentyabr kuni Los-Anjelesdagi UFC 331 turnirida o'tkazishi mumkin. Uning ehtimoliy raqibi esa BMF chempioni CHarlz Oliveyra bo'ladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing