26 iyu 07:56
Yangiliklar
Arman Carukyan yil oxirigacha diskvalifikaciya qilindi
Uzoq muddatli diskvalifikaciyaga uning muxlisni urgani sabab bo'ldi. Arman Las-Vegasda o'tgan UFC 300 turniri doirasida braziliyalik CHarlz Oliveyraga qarshi oktagonga chiqqandi. Davogarlar jangida Carukyan g'alaba qozongandi. Oktagonga chiqib kelishda Carukyan muxlislardan biriga musht tushirgandi.
Kecha Nevada shtati Atletik komissiyasi voqeani o'rganib chiqdi va rossiyalik aralash yakkakurash ustasini 9 oyga chetlatishga qaror qildi. Jazo muddati 2025 yilning 12 yanvar kuni yakuniga etadi. Kamiga u 25 000 dollar miqdorida jarima ham to'laydi.
SHu tariqa, Islam Maxachevning oktyabr oyiga mo'ljallanayotgan jangdagi raqibi o'zgaradi. Aynan Carukyan Islamning kamariga rasmiy davogar edi. Lekin Arman uchun kichik xushxabar ham bor. Atletik komissiya diskvalifikaciya muddatini 6 oyga tushirishi ham mumkin. Buning uchun rossiyalik jangchi bezorilikka qarshi kurashish ijtimoiy dasturida ishtirok etishi kerak. Bu holatda uning jazo muddati 13 oktyabr kuni yakuniga etadi. Bu esa unga 26 oktyabr kuni Abu-Dabida o'tadigan UFC 308 turnirida ishtirok eta oladi.
Fikrlar