03 iyu 20:20
Yangiliklar
Dzyudo
Armen Bagdasarov IJF`da yangi lavozimga ega bo'ldi
Xabar berganimizdek, bugun Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF)ning navbatdagi Kongressi o'tkazilib, unda Marius Vizer tashkilot prezidentligiga qayta saylangan edi.
Quvonarlisi, bir necha yildan beri IJF sport direktori sifatida ishlab kelgan hamyurtimiz Armen Bagdasarov yangi lavozimga saylandi. Armen Yurevich yaqin to'rt yil davomida IJF referi direktori lavozimida faoliyatini davom ettiradi. Soddaroq aytganda, Armen Bagdasarov dunyo dzyudo hakamlariga rahbarlik qiladi.
Fursatdan foydalanib, Armen Yurevichni masuliyatli lavozimga tayinlangani bilan muborakbod etamiz va yangi ishda muvaffaqiyatli faoliyat tilaymiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar