27 okt 10:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Artur Abraxam jarohat oldi, jang esa qoldirildi
Professional boksning ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Artur Abraxam (45-5, 30KO) mashg'ulot chog'ida tirsagini jarohatlab oldi.
Endi germaniyalik 36 yoshli bokschi 12 noyabr kuniga belgilangan jangida ringga chiqa olmaydi. Artur shu kuni britaniyalik 34 yoshli Martin Myurrey (33-4-1, 16KO) bilan to'qnash kelishi kerak edi.
Malumotlarga ko'ra, Abraxam kamida uch haftadan so'ng mashg'ulotlarga qaytishi mumkin. Jang qoldirilganini Myurrey ham tasdiqladi. Lekin Martinning fikricha, Artur jarohat emas, boshqa sabab bilan jangni qoldirgan.
Havola :
Fikrlar