16 dek 08:31
Yangiliklar
![](/upload/storage/50542_220.jpg)
Artur Beterbiev IBF kamarini kimdan himoya qiladi?
Katta ehtimol bilan rossiyalik jahon chempionining raqibi amerikalik Jo Smit bo'ladi. CHempionlik jangining 22 yoki 23 fevral kuni o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Arturning promouterlaridan biri Eddi Xirn Smitning promouteri Jo Degardi bilan bu borada muzokara o'tkazdi.
Hozircha jangning qaerda o'tkazilishi malum emas. Aslida ushbu jang Saul Alvares ringga chiqadigan shouda, yani bugun tongda Nyu-Yorkda o'tkazilishi belgilangandi. Lekin rossiyalik bokschining jamoasi tayyorgarlikka kam vaqt qolganligi sababli jang muddatini surishgan edi.
Eslatib o'tamiz, Artur Beterbiev shu yilning oktyabr oyida chempionlik kamarini munosib tarzda himoya qilgandi. U to'rtinchi raundda britaniyalik Kallum Jonsonni nokautga uchratgan edi.
Fikrlar