16 jan 12:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Artur Beterbiev Top Rank bilan shartnoma imzoladi
Yarim og'ir vazn toifasida IBF yo'nalishi chempioni Artur Beterbiev dunyoga mashhur Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.
Endi rossiyalik jahon chempionining janglarini ESPN telekanali namoyish etadi. Beterbiev DAZN striming servisi hamda taniqli menejer El Xeymon bilan hamkorlikni to'xtatdi. Bundan buyon u promouter Ivon Mishel bilan birga ishlaydi.
Hozirda Bob Arum rahbarlik qilayotgan Top Rank promouterlik kompaniyasi Beterbievdan tashqari yarim og'ir vaznda yana ikki jahon chempioni - Aleksandr Gvozdik va Elayder Alvares, sobiq jahon chempioni Sergey Kovalev hamda supero'rta vaznda WBO chempioni Xilberto Ramires bilan shartnomaga ega bo'lib turibdi.
Havola :
Fikrlar