24 dek 10:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Artur Beterbiev WBC Silver chempionlik kamarini qo'lga kiritdi
Hozirgina Kanadaning Kvebek provinciyasi Gatino shahrida professional boks kechasi yakunlandi.
Oqshomning markaziy jangi yarim og'ir vazn toifasida rossiyalik 31 yoshli Artur Beterbiev (10-0, 10KO) ishtirokida bo'lib o'tdi.
SHu paytgacha o'tkazilgan 10ta jangining barchasida raqiblarini nokautga uchratgan Beterbiev paragvaylik 30 yoshli Isidro Prieto (26-1-3, 22KO)ga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang muddatidan avval yakunlandi va unda Artur raqibini nokautga uchratdi. Bu bilan Beterbiev WBC Silver chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Havola :
Fikrlar