06 dek 07:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Arum Lomachenko - Salido revansh jangini tashkil qilmoqchi
Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum Vasiliy Lomachenko va Orlando Salido o'rtasida revansh jangi o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Bob Arum Vasiliy Lomachenko hamda hamyurtimiz Fazliddin G'oibnazarovning promouteri hisoblanadi. Lekin avval har ikki bokschi ham boshqa raqiblar bilan jang o'tkazishlariga to'g'ri keladi.
Lomachenko va Rigondo o'rtasidagi birlashtiruvchi chempionlik jangi 9 dekabr kuni AQSHning Nyu-York shahridagi “Medison Skver Garden” arenasida bo'lib o'tadi. Salido esa hamyurti Migel Romanga qarshi jang o'tkazadi.
Etiborlisi, Lomachenko faoliyatidagi yagona mag'lubiyatini aynan Salidodan qabul qilib olgan. Lekin Orlandoning o'zi Lomachenko bilan jang o'tkazishga unchalik ham qiziqish bildirmayapti.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar