11 apr 10:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Arum Lomachenkoni Aliga taqqosladi
Vasiliy Lomachenkoning promouteri Bob Arum ukrainalik bokschini afsonaviy Muhammad Ali bilan taqqosladi.
"Lomachenkoning texnikasi juda ham kuchli. Bunday texnikani men avvallari faqat Muhammad Alining Brayan London, Genri Kuper va Karl Mildenbergerga qarshi o'tkazgan janglarida ko'rganman. Ayni paytda men uchun Loma eng yuqori texnikaga ega bokschi", - dedi Arum.
Eslatib o'tamiz, Vasiliy Lomachenko (12-1, 9 KO) 12 aprel (bizning vaqt bilan 13 aprel tongi) kuni AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahridagi mashhur "Stepls-Centr" arenasida sobiq jahon chempioni Entoni Krolla (34-6-3, 13 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Fikrlar