09 fev 15:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Arum nima uchun Usik bilan shartnoma imzolamaganini tushuntirdi
Mashhur promouter Bob Arum nima uchun birinchi og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni Aleksandr Usik bilan shartnoma imzolamaganiga izoh berdi.
Arumning aytishicha, u 2013 yilda ukrainalik boshqa bir jahon chempioni Vasiliy Lomachenko bilan shartnoma imzolagan. O'sha paytda unda Aleksandr Usik bilan ham shartnoma imzolash imkoniyati bo'lgan.
“Ularning har ikkisi ham o'sha paytda yonimga kelishgandi. Men Usikka taklif bilan chiqdim. O'shanda men NVO bilan hamkorlikda ishlardim. Ular Aleksandrning vazn toifasi keng omma uchun unchalik ham qiziq emasligini aytishdi.
SHu bilan Lomachenko bilan shartnoma imzolash bilan cheklangandim. Ayrim qo'shtirnoq ichidagi aqlli odamlarning fikrlashi bilan yaxshi imkoniyatni qo'ldan chiqargandim. Hozir vaziyat o'zgargan. Men ESPN telekanali bilan ishlayapman”, - dedi Arum.
Havola :
Fikrlar