19 sen 21:17
Yangiliklar
Ashxobod-2017. Osiyo o'yinlaridagi medallarimiz soni 38 taga etdi
20:56. Futzal bo'yicha terma jamoamiz o'zining guruhdagi ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi. Bahodir Ahmedov shogirdlari Maldiv orollari terma jamoasini 9:1 hisobida mag'lub etishdi.
20:39. Taekvondochimiz Svetlana Osipova hal qiluvchi final bellashuvida dayanga chiqdi. Yarim finalda filippinlik raqibini mag'lubiyatga uchratgan hamyurtimiz oltin medal uchun bahsda koreyalik Mina Myongga 2:10 hisobida yutqazib qo'ydi va kumush medal bilan kifoyalandi.
18:31. CHamasi 3 soatlardan so'ng basketbolchilarimiz navbatdagi bahsni Mo'g'uliston terma jamoasiga qarshi o'tkazishadi.
18:26. Hozirgina 3x3 basketbol bahslarida O'zbekiston erkaklar terma jamoasi ilk uchrashuvini yakunladi. Hamyurtlarimiz Nepal terma jamoasidan 18:16 hisobida ustun kelishdi.
18:18. -50kg vazn toifasidagi sportchimiz SHahzoda Ergasheva finalda mezbonlar vakili Lachin Badaglievaga imkoniyatni boy berdi va yakunda kumush medal bilan kifoyalandi...
18:15. Soat 19:00da futzalchilarimiz Maldiv terma jamoasiga qarshi parketga chiqadilar.
17:56. Birozdan so'ng belbog'lik kurashchimiz SHahzoda Ergasheva finalda mezbonlar raqibiga qarshi jang qiladi.
17:30. Svetlana Osipova finalda. Yarim finalda filippinlik raqibini mag'lubiyatga uchratgan taekvondochimiz oltin medal uchun jang qiladi.
17:12. Dinoraxon Mamadibragimova yarim finalda Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan raqibiga 3:15 hisobida yutqazib qo'ydi va bronza medali bilan kifoyalandi.
16:28. Svetlana Osipova ham yarim finalga chiqdi. Taekvondochimizning hindistonlik raqibi tatamiga chiqmadi va vakilimiz to'g'ridan-to'g'ri yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
15:46. Yaxshiboev raqibiga 20:29 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
15:20. Birozdan so'ng boshqa bir taekvondochimiz Kamronbek Yaxshiboev jang qiladi.
15:16. Dinora raqibini mag'lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo'l oldi!
15:00. Taekvondo. Dinora Mamadibragimova yarim finalga chiqish uchun eronlik Nahid Kiyanichandexga qarshi jangini boshladi.
14:35. Belbog'li kurashda quyidagi sportchilarimiz finalga yo'l oldilar: Ergasheva SHahzoda, Ro'ziev Husniddin, Rahimov SHerzodjon. Sportchilarimizdan oltin kutamiz!
14:19. Kim Yuliya Kiribati vakili Kaoa Fakaofoni 6:0, 6:0 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
13:55. Belbog'li kurash. Mamajonova Dilafruz, Mo'ydinova Manzuraoy, Ergasheva SHahzoda, Sotvoldiev Elbek, Ro'ziev Husniddin, Dadaboeva Gulhumoroy, Nematov Eldorlar, Habibullaev Abdurasullar yarim finalga yo'l oldilar.
13:28. Birozdan so'ng tennischimiz Kim Yuliya Kiribati vakili Kaoa Fakaofoga qarshi kortga chiqadi.
12:45. Farrux Do'stov filippinlik raqibini 7:5, 6:2 hisoblarida mag'lubiyatga uchratib, ikkinchi bosqichga yo'l oldi.
12:40. Muaytay. Sportchilarimizda ikkita g'alaba, ikkita mag'lubiyat:
-63kg: Karimjon Karimov - Ryan Jakiri (Filippin) 28:29
-54kg: Muhammadjon Qo'chqorov - YU Xi CHen (Xitoy Taypeyi) 30:27
-57kg: Jahongir Yuldashev - Doan Long Nguen (Vetnam) 29:28.
-75kg: Alijon Isroilov - Muhammetnur Melaev (Turkmaniston) 26:30.
12:35. -63kg vazn toifasidagi taekvondochimiz Kamronbek Yaxshiboev indoneziyalik raqibini 29:8 hisobida mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga yo'l oldi. U navbatdagi jangini Xitoy Taypeyi vakili CHia Xsin Xoga qarshi o'tkazadi. Taekvondoda hozircha tanaffus. Janglar soat 15:00dan so'ng boshlanadi. 3 nafar sportchimiz o'z ishtirokini davom ettiradi.
12:28. Belbog'li kurash. Dilafruz Mamajonova, Manzuraoy Mo'ydinova, Kamoliddin Mahkamov, SHahzoda Ergashevalar ham g'alaba qozonib, navbatdagi bosqichga yo'l oldilar.
12:15. Saytimizga sportchilarimizning kechagi kungi ishtiroklaridan suratlar joylashtirildi. Tomosha qilishni maslahat beramiz!
Ashxobod-2017. Og'ir atletika va futzalchilarimizning ishtiroklaridan FOTOGALEREYA
Ashxobod-2017. O'zbek sportchilarining ishtiroklari va taqdirlash marosimlaridan FOTOGALEREYA
12:07. Jui-jitcuchimiz Akmal Amirov yarim final yo'llanmasi uchun jangda yutqazib qo'ydi. Endi u bronza medali uchun kurashadi.
11:45. Belbog'li kurash: Ergasheva SHahzoda, Sotvoldiev Elbek, Ismatova Gulmira, Ro'ziev Husniddinlar ilk janglarida raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, navbatdagi bosqichga yo'l oldilar.
11:20. Jui-jitcuchi Akmal Amirov (-56kg) ilk jangida indoneziyalik Reindi Allendrani 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga yo'l oldi. U yarim finalga chiqish uchun BAA dan tashrif buyurgan sportchini mag'lub etishi lozim bo'ladi.
11:15. Tennischimiz Farrux Do'stov ayni paytda filippinlik Patrobonga qarshi o'yin o'tkazmoqda. U birinchi setni 7:5 hisobida o'z foydasiga hal qildi.
11:05. Taekvondo. -53kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Dinoraxon Mamadibragimova vetnamlik raqibini 16:9 hisobida mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga yo'l oldi.
Boshqa bir taekvondochimiz SHarapov Mirnozim (-87kg) esa taitilik raqibiga 16:22 hisobida yutqazib qo'ydi.
Svetlana Osipova (-73kg) iordaniyalik Vad Qosim Tarmanni 3:6 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bugungi bahslarda ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasi azolari:
Velosport:
Olga Jantuganova
4000 metrlik masofaga bahslarda O'zbekiston terma jamoasi, erkaklar
Taekvondo:
Dinoraxon Mamadibragimova
Mirzonozim SHarapov
Svetlana Osipova
Kamronbek Yaxshiboev
Tennis:
Farrux Do'stov
Yuliya Kim
Muaytay:
Muhammadjon Qo'chqorov
Ubbiniyaz Turaniyazov
Jui-jitcu:
Akmal Amirov
Futzal:
O'zbekiston - Maldiv
Ot sporti:
Umidjon Komilov
G'ayrat Nazarov
Oqiljon Sobirjonov
Nurjan Tuyakbaev
Hurshidbek Olimjonov
Bahromjon Gaziev
Belbog'li kurash bahslarida quyidagi sportchilarimiz ishtirok etadilar:
Sabohat SHeralieva
SHahzoda Ergasheva
Abduqahhor Egamov
Elbek Sotvoldiev
Ismatova Gulmira
Odiljon Suyunov
Abdurasul Habibullaev
Obidali Mavlonov
Husniddin Ro'ziev
Havasxon Jo'raqo'zieva
Dilafruz Mamajonova
Manzuraoy Mo'ydinova
Kamoliddin Mahkamov
Nuriddin Mahamadov
Husan Nosirov
Gulhumoroy Dadaboeva
Islomjon Qo'ldoshev
SHerzodjon Rahimov
Eldor Nematov
Bugun 3x3 basketbol bahslarida erkaklar basketbol jamoamiz soat 18:00da Nepal terma jamoasiga qarshi bahs o'tkazadilar.
Fikrlar