20 sen 17:22
Yangiliklar
Tennis
Aslan Karacev Metcdagi turnir startida mag'lub bo'ldi
Franciyaning Metc shahrida ATR - 250 tasnifiga kiruvchi turnir bo'lib o'tyapti.
Jahonning 39-raketkasi rossiyalik Aslan Karacev turnir startida ATR reytingida 65-pog'onani egallab turgan italiyalik Lorenco Sonegoga qarshi kortga chiqdi. Ushbu bahsda Karacev raqibiga 5/7, 3/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va musobaqani tark etdi.
Uchrashuv 1 soatu 56 daqiqa davom etdi. O'zaro uchrashuvlarda Karacev 3:1 hisobida oldinda boryapti.
Moselle Open turnirining ikkinchi bosqichida Sonego franciyalik Jil Simon yoki belgiyalik David Goffinga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar