20 jan 08:27
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC turkiyalik Ibo Aslan bilan shartnoma tuzdi. U ligadagi yagona turk jangchisi
Yarim og'ir vazn toifasida turkiyalik aralash yakka kurash ustasi Ibo Aslan (12-1-0) UFC bilan shartnoma tuzdi.
U 2023 yilda Dana Uaytning davogarlar seriyasida g'alaba qozongan edi.
"UFC'dagi ilk jangimga imzo chekkanimdan faxrlanaman. Mening ligadagi debyut jangim 31 mart kuni Atlantik-Sitida bo'ladi. Atlantik-Siti geliyorum", - deya o'z so'zini turk tilida yakunlagan 27 yoshli Ibo Aslan.
U endilikda UFC'dagi yagona turk jangchisi bo'ldi. Aslanga ilk jangida SHveciya vakili Anton Turkal raqiblik qiladi.
Malumot o'rnida, 31 mart kuni o'tkaziladigan UFC Fight Night 241 musobaqasi doirasida o'zbekistonlik Nursulton Ro'ziboev AQSH vakili Sedrik Dumasga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar