21 okt 10:13
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning 215-raketkasi o'z vatanidagi turnirda 1/2 finalga chiqdi
Yaponiyaning Tokio shahrida tennis bo'yicha ATP turniri davom etmoqda.
Kutilmaganda dunyoning 215-raketkasi bo'lib turgan Sintaro Motidzuki musobaqa yarim finalchisiga aylandi. Yaponiyalik tennischi 1/4 finalda ATP reytingida 41-pog'onada borayotgan avstraliyalik Aleksey Popirinni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 7/5, 2/6, 7/5.
Tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi 2 soatu 24 daqiqa davom etgan. Motidzuki 4, Popirin esa 21 ta eys zarbani amalga oshirgan. Breyklar soni har ikki tennischida 3 tadan bo'ldi. Endi Motidzuki final chiptasi uchun rossiyalik Aslan Karacevga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar