So’nggi yangiliklar

15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанг! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0

17 may 09:17
Yangiliklar

Boks/MMA

Asosiy jangi to'liq davom etgan UFC Fight Night 276 turnirining barcha natijalari

AQSHning Las-Vegas shahri mezbonlik qilgan va kardidan 13 ta jang o'rin olgan UFC Fight Night 276 turniri o'z yakuniga etdi.

Oqshomning asosiy jangi yarim engil vazn toifasida o'tkazilib, unda britaniyalik Arnold Allen braziliyalik Melkizael Kostaga qarshi oktagonga chiqdi. Jang to'liq besh raund davom etdi va yakunda Allen hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba (49-46, 50-45, 50-45) qozondi. 

Turnirning co-main event jangi ham yarim engil vazn toifasida o'tkazildi. Unda bir yarim yillik tanaffusdan so'ng oktagonga qaytgan koreyalik Du Xo CHoy ikkinchi raundda braziliyalik Daniel Santosni texnik nokautga uchratdi.

Ahamiyati jihatidan uchinchi jangda perulik o'ta engil vazn toifasi vakili Xuan Dias ikkinchi raundda amerikalik Malkolm Vellmeykerni ortdan bo'g'ib qo'ydi.

Qolgan natijalarga to'xtaladigan bo'lsak, qozog'istonlik yarim o'rta vazn toifasi vakili Nikolay Veretennikov birinchi raunddayoq amerikalik Xaos Uilyamsga texnik nokaut bilan yutqazib qo'ydi.

Bernardo Sopay, Tomas Gant, Kodi Brandeyj, Elis Ardelin va Nikol Kalyari bugungi turnirda raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratib, kamida 25 000 dollarlik bonusni qo'lga kiritishdi.


UFC Fight Night 276 turnirining barcha natijalari:

Asosiy kard janglari

Arnold Allen Melkizael Kostani hakamlarning yakdil qarori evaziga taslim etdi (49-46, 50-45, 50-45)

Du Xo CHoy Daniel Santosni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi (zarba) – 2-raund, 4:29

Xuan Dias Malkolm Vellmeykerni sabmishn (ortdan bo'g'ish) evaziga engdi – 2-raund, 4:08

Modestas Bukauskas Kristian Edvardsni hakamlarning ayri qarori evaziga yutdi (28-29, 29-28, 29-28)

Bernardo Sopay Timoti Kuamba sabmishn (ortdan bo'g'ish) evaziga mag'lubiyatga uchratdi – 2-raund, 2:25


Prelim kard janglari

Xaos Uilyams Nikolay Veretennikovni texnik nokaut (zarba) bilan mag'lub etdi – 1-raund, 3:31

Yarim og'ir vazn: Ivan Erslan Tuko Tokkosni hakamlarning yakdil qarori bilan taslim etdi (29–28, 29–28, 29–28).

Engil vazn: Tommi Gentt Artur Minevni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi. 

Ayollar o'ta engil vazn: Ketlen Vieyra raqibasi Jaklin Kavalkantini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi (29–28, 29–28, 29–28).

O'rta vazn: Kodi Brandeyj Andre Petroskini ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi.

Ayollar minimal vazn: Alis Ardelyan raqibasi Poliana Vianani og'ritish usuli bilan mag'lub etdi.

O'ta engil vazn: Luis Gurule Daniel Baresni hakamlarning yakdil qarori evaziga engdi (30–27, 30–27, 30–27).

Ayollar minimal vazn: Nikol Kalyari raqibasi SHon Bennonni uchinchi raundda bo'g'ib qo'ydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing