21 mar 08:22
Yangiliklar
Boks/MMA

"Astana Arlans" klubi endi “Nursulton” bo'ladimi?
Qozog'iston parlamenti mamlakat poytaxti Ostona shahri nomining Nursultonga o'zgartirilishi sport jamoalariga ham tasir o'tkazishi mumkin.
Jumladan, “Ostona” futbol va basketbol, “Baris” xokkey jamoalarining nomi “Nursulton” deya o'zgartirilishi kutilmoqda.
SHuningdek, “Astana Arlans” yarim professional boks jamoasi hamda velapoyganing Jahon turi vakili “Ostona Pro Tim”ning nomi almashtirilishi mumkin.
SHuni qo'shimcha qilish kerakki, vikipediya internet-enciklopediyasida “Ostona” futbol klubining nomi o'zgartirilgan. Biroq, jamoa mutasaddilari bu haqida rasmiy bayonot bermagan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar