16 fev 11:25
Yangiliklar
Boks/MMA

“Astana Arlans” tarkibi malum qilindi
WSB turnirida “Uzbek Tigers” jamoasiga qarshi jang o'tkazuvchi Qozog'istonning “Astana Arlans” jamoasi tarkibi malum qilindi.
Unga ko'ra, Oljas Sattibaev (52 kg), Zakir Safiullin (60 kg), Aslanbek SHimbergenov (69 kg), Nurdaulet Jarmanov (81 kg) va Kamshibek Kunkabaev (+91 kg) bokschilarimizga qarshi ringga ko'tariladi.
Xabar berganimizdek, bu ikki jamoa bokschilari o'rtasidagi guruh bosqichining ikkinchi turidan o'rin olgan bahslar 18 fevral kuni Qozog'istonning Toldiqo'rg'on shahrida bo'lib o'tadi.
Ertaga bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishadi. SHuningdek, matbuot anjumani ham aynan ertaga Toldiqo'rg'on shahridagi “Koktem Grand” mehmonxonasida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar