18 fev 18:00
Yangiliklar
![](/upload/storage/8929_220.jpg)
"Astana Arlans" - "Uzbek Tigers" 4:1. Barcha janglar yakunlandi
19:32. Bo'ldi, hammasi tugadi. Bahodir Jalolov ham mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. "O'zbek yo'lbarslari" jamoasi "Astana Arlans" bokschilariga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
19:13. So'nggi jang +91 kg vazn toifasida bo'lib o'tmoqda. Unda yana bir Rio Olimpiadasi ishtirokchisi Bahodir Jalolov mezbonlar vakili Kamshibek Kunkabaevga qarshi ringga ko'tarilgan.
19:09. Meliqo'ziev ishtirokida kechgan jangdagi hakamlar qaroridan ko'chirma
19:05. Bektemir Meliqo'ziev hisobni qisqartirdi. Rio Olimpiadasi sovrindori raqibini 3:0 (49:46, 49:46, 49:46) hisobida mag'lub etdi. Afsuski, bu g'alabadan endi foyda yo'q.
18:49. Ayni daqiqalarda to'rtinchi vakilimiz Bektemir Meliqo'ziev o'z jangini o'tkazyapti. U Nurdaulet Jarmanovga qarshi ringga ko'tarilgan. Jang 81 kg vazn toifasida o'tkazilyapti.
18:46. SHahram G'iyosov ishtirokida kechgan jangdagi hakamlar qaroridan ko'chirma
18:45. Qolgan ikkita juftlikdagi janglar rasmiyatchilik uchun o'tkaziladi.
18:40. SHahram G'iyosov ham raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Hakamlar 2:1 (47:48, 48:47, 48:47) hisobida Aslanbekning g'alaba qozonganini taminlashdi.
18:28. Mazkur jangda Devid Mark Villyams hakamlik qilyapti. Ishqilib, hakamlar bizning zararimizga qaror chiqarishmasinda
18:23. 69 kg vazn toifasida jang qiluvchi SHahramning raqibi Aslanbek SHimbergenov bo'ladi.
18:22. Endi bor umidimiz SHahram G'iyosovdan. Rio Olimpiadasining kumush medali sovrindori ham mag'lubiyatga uchrasa, guruhdagi ikkinchi mag'lubiyat qabul qilinib oligadi. Bundan bo'lmasligiga umid bog'lab qolamiz.
18:17. Hakamlar 49:46, 50:45, 49:46 hisobida g'alabani mezbon bokschiga taqdim etishdi.
18.16. Murodjon Ahmadaliev ham mag'lubiyatga uchradi.
18:04. Ushbu jangni italiyalik referi Mariya Rizzardo boshqarib bormoqda. Kakaga omad tilayman.
18:02. Endi navbat 60 kg vazn toifasidagi bokschilar bahsiga. Unda Rio Olimpiadasi sovrindori Murodjon Ahmadaliev qozog'istonlik raqibi Zakir Safiulinga qarshi ringga ko'tariladi.
17:59. Xalqaro toifadagi referi Endryu Kaufild hakamlik qilgan jangda ring egasi 49:46, 48:47, 48:47 hisobida zafar quchdi.
17:42. Afsuski, birinchi jangda bokschimiz imkoniyatni boy berib qo'ydi... Qodirov raqibiga 0:3 hisobida yutqazib qo'ydi.
17:20. Janglar boshlandi. Ringda -52 kg vazn toifasidagi bokschilar: Abrorjon Qodirov Oljas Sattibaevga qarshi jang qilmoqda.
17:15. Dastlabki jang boshlanishiga oz vaqt qoldi.
17:00. Assalomu alaykum. To'ldiqo'rg'ondagi boks saroyidagi janglardan reportajni boshlaymiz. Bugun "O'zbek yo'lbarslari" Qozog'istonning "Astana Arlans" jamoasi bokschilariga qarshi jang qiladilar.
Fikrlar