16 fev 10:25
Yangiliklar

“Astana Arlans” - “Uzbek Tigers”. Bokschilarimiz safarga otlanishdi
“Zhastar Sports Palace” arenasida o'tkaziladigan boks oqshomida Qozog'istonning “Astana Arlans Kazakhstan” hamda O'zbekistonning “Uzbek Tigers” jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi.
Bugun “Uzbek Tigers” jamoasi Toldiqo'rg'on shahriga jo'nab ketadi. 17 fevral kuni bokschilar tarozidan o'tishsa, 18 fevralda 5ta vazn toifasida janglar bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, “S” guruhidan “Uzbek Tigers”, Xitoyning “China Dragons”, Rossiyaning “Patriot Boxing Team” hamda “Astana Arlans Kazakhstan” jamoalari joy olgan.
“Uzbek Tigers” jamoasi tarkibi:
52 kg: Abrorjon Qodirov
60 kg: Murodjon Ahmadaliev
69 kg: SHahram G'iyosov
81 kg: Bektemir Meliqo'ziev
+91 kg: Bahodir Jalolov
Terma jamoa murabbiylari shtabidan To'lqin Qilichev, Rahmatjon Ro'zioxunov va Ravshan Xo'jaev joy olishgan. Jamoa shifokori Komiljon Rasulov.
Fikrlar