27 iyu 15:11
Yangiliklar

Asu Almabaev keyingi raqibi kim bo'lishini aytdi. U Ramazon Temirovmi?
Aslida Almabaev kechagi jangda hamyurtimiz Ramazon Temirovga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Ammo Ramazonning qonida taqiqlangan modda aniqlangani bois, ushbu jang amalga oshmay qolgandi.
— Biz jangchimiz, biz gladiatorlarmiz. Bizga kim bilan jang qilishning umuman farqi yo'q. UFC bizga raqib beradi — biz o'sha bilan jang qilamiz. Hech kim shunchaki UFC jangchisi bo'lib qolmaydi. Bu mening UFC promoushenidagi oltinchi jangim bo'ldi... Keyingi raqibim kim bo'ladi? Ochig'i, bilmadim. Menga qolsa myanmalik bo'yi baland Joshua Van (15-2) bilan jang o'tkazgan bo'lardim. Reytingda uchinchi o'rinda borayotgan Brendon Royval ham yaxshi variant. Nima bo'lgan taqdirda ham, biz oldinga yurishda davom etamiz, — dedi Almabaev.
Fikrlar