15 apr 11:03
Yangiliklar
"Atletiko" bilan yarim finalga yo'l olgan Simeone o'yindan so'ng nimalar dedi?
"Birinchi bo'limda biz ayrim individual xatolarga qaramay, o'yinni yo'lga qo'ya oldik. Gol juda go'zal bo'ldi. Bunday boshlanish ehtimoldan holi emas edi, chunki raqib juda kuchli. Bunday raqibga qarshi xatolar o'tmaydi. Biz o'zimizning o'yinimizni o'tkazishimiz va hujum qilishimiz kerak edi, chunki faqat himoya bilan o'yin taqdirini hal qilib bo'lmaydi, hatto seni himoyaga majburlashsa ham. Ikkinchi taymda o'yin ancha teng kechdi. Almashtirishlar bizga kuch bag'ishladi, raqib esa birinchi taymdagi yuqori tempni pasaytirdi", — dedi Simeone.
Ikki o'yin yakuni bo'yicha "ko'k-anorrang"lar "Atletiko"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Yarim finalda "matraschilar" "Arsenal" va "Sporting" juftligi g'olibi bilan o'ynaydi.

Fikrlar