05 okt 12:37
Yangiliklar
Futbol
"Atletiko" Kurtuaga buyum otgan muxlislarni kechirmadi
Ispaniya La Ligasining 8-turi doirasidagi "Atletiko" - "Real" uchrashuvining ikkinchi bo'limi 15 daqiqaga to'xtab qolgandi.
Bunga "Real" posboni Tibo Kurtua manziliga bir nechta buyumdan tashqari, uning "tomorqasiga otilgan" ko'plab haqoratli so'zlar ham sabab bo'ldi.
"O'tgan haftaning yakshanba kuni derbida bo'lgan noxush holat borasida ishlar olib bordik va bezorilarni aniqlab, ikki kishini topishga muvaffaq bo'ldik. Ularning ikkisi ham klubning fan-klubidagi shaxslar va ular umrbod stadionga kelishdan mahrum qilinishdi.
"Atletiko" bo'lgan voqeliklar uchun hech qanday bahona topmaydi. Bu klubning imijiga jiddiy tasir ko'rsatganini malum qiladi. SHuningdek, shunday ishlarni qiladigan insonlarga sankciyalar qo'yish asosiy siyosati bo'lishini tasdiqlaydi", - deb yoziladi klub bayonotida.
Havola :
Fikrlar