28 apr 15:48
Yangiliklar
Futbol
"Atletiko" muxlislari raqib futbolchisini "maymun" deyishdi, Grizmann va Koke esa...
"Atletik" futbolchisi "Atletiko" bilan bahsda irqchilikka duch keldi.
La liganing 33-turi doirasidagi bahsda Madrid klubi 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Birinchi taym oxirida mehmonlar vakili Niko Uilyams gol urdi va uni nishonlaganidan keyin bosh hakam o'yinni 2 daqiqaga to'xtatishga majbur bo'ldi. Bunga "Atletiko" fanatlarining raqib Uilyamsni "maymun" deb haqorat qilishgani sabab bo'ldi.
Madrid klubi futbolchilari Antuan Grizmann va Koke muxlislardan haqorat qilishni to'xtatishni talab qilishdi.
"Atletiko" o'z muxlislarining harakatlarini qoralab chiqdi. "Atletiko Madrid" irqchilik va kamsitishning har qanday ko'rinishiga qarshi", – deb yoziladi klub bayonotida.
Havola :
Manba : marca.com
Fikrlar