28 sen 08:00
Yangiliklar
Futbol
"Atletiko" qo'shiqchi qizning so'zlari sabab uning "Metropolitano"dagi ishtirokini bekor qildi + FOTO
Madridning "Atletiko" klubi "Real"ga bo'lgan simpatiyasi sabab derbida qo'shiqchining ishtirokini bekor qildi.
"Metropolitano"dagi stadionda bo'lib o'tadigan Madrid derbisi tanaffusida meksikalik qo'shiqchi va aktrisa Danna Paola Abraxam Mateo bilan duetda El double qo'shig'ini ijro etishi kerak edi.
Ammo, klub ijrochining rejalashtirilgan chiqishini u La Revuelta dasturiga bergan intervyusida "Real" muxlisi ekanligini tan olganidan bir necha kun o'tib bekor qildi. Qo'shiqcha "Atletiko" muxlisi hisoblangan boshlovchi oldida "qaymoqranglilar"ning madhiyasini kuylagan.
– Nega buni kuylayapsan?
– CHunki "Real" muxlisiman, yana nima ham bo'lardi? Juda mamnunman, sababi ularning o'yinini jonli ko'raman, – dedi Paola.
Havola :
Fikrlar