So’nggi yangiliklar

12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0

26 dek 11:01
Yangiliklar

Og'ir atletika

Atletlarimiz Osiyo chempionatini 44 ta medal bilan ikkinchi o'rinda yakunlashdi

Qatar poytaxti Doha shahri mezbonlik qilgan yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.

Qitamizning 20 ta davlatidan 270 nafardan ziyod yosh polvonlar ishtirok etgan qita birinchiligida terma jamoamiz azolari ham munosib qatnashdi.

Jumladan, qizlar orasida Marjona Abdumutalova hamda Nigora Suvonova, o'g'il bolalar o'rtasida esa Abdulaziz Alimjanov, Bekzod G'ofurjonov va Omadillo Olimov barcha dasturlarda oltin medalga sazovor bo'lib, o'z yosh toifalarida Osiyoda tengsiz ekanliklarini yana bir bor isbotlashdi. 

SHuningdek, Nigora Abdullaeva, Zulfiya Ramazonova, Ziyoda Xudoyqulova, Diyorbek Ro'zmetov, Boburmirzo Yoqubov, Behruzbek Ganjaboev, Nodirbek Jo'raev, Ruslan Raxmatjonov va Qudratbek Salimjonov ham qita chempionatida shohsupaga ko'tarilib, sovrindorlar safidan joy oldi. 

Yakunda esa O'zbekiston erkaklar terma jamoasi ochkolar hisobiga ko'ra Osiyo chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi. Delegaciyamiz musobaqani 17 ta oltin, 17 ta kumush va 10 ta bronza, jami 44 ta medal bilan yakunladi.

Musobaqadagi eng muhim voqeani o'smirlar o'rtasida -89 kg vazn toifasida supachaga ko'tarilgan Bekzod G'ofurjonov qayd etdi. Namanganlik yosh polvonimiz delegaciyamiz hisobiga 3 ta oltin medalni qo'shib qo'yish bilan bir qatorda o'smirlar o'rtasida dast ko'tarish, siltab ko'tarish va ikkikurashda Osiyo rekordini o'rnatdi. Bundan tashqari siltab ko'tarishda 194 kg toshni bo'ysundirgan holda o'smirlar o'rtasida Jahon rekordini bir kilogrammga yangilashga muvaffaq bo'ldi!

Qayd etish lozimki, shu oy boshida Bahraynda bo'lib o'tgan kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatida ham o'zbek polvoni – Ruslan Nurudinov 242 kg natija qayd etgan holda o'ziga tegishli bo'lgan Jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo'lgan edi. Oradan ko'p vaqt o'tmay yosh sportchimiz Bekzod G'ofurjonov ham tengdoshlari orasida dunyo rekordini o'rnatdi.

Bu esa o'z navbatida o'zbek og'ir atletikasida Ruslan Nurudinov, Akbar Jo'raev kabi Olimpiya va Jahon chempionlari, Jahon rekordchilariga munosib izdoshlar etishib chiqayotganidan dalolatdir.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing