16 avg 03:54
Yangiliklar
Og'ir atletika, Tokio-2020
Atletlarimiz Ruslan Nuriddinov va Ivan Efremov peshqadam!
Rio Olimpiadasining biz uchun ahamiyatli bo'lgan og'ir atletika musobaqasi davom etmoqda.
Hozirgina 105 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasida dast ko'tarish bahslari yakunlandi. Ushbu vaznda bir yo'la ikki hamyurtimiz ishtirok etyapti. Quvonarlisi, ularning har ikkisi ham dast ko'tarish bahslaridan so'ng birinchi va ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Jahon chempioni va jahon rekordchisi Ruslan Nuriddinov 194 kg toshni o'ziga bo'ysundirdi. Jahon chempioni Ivan Efremov ham aynan 194 kg tosh ko'tardi. SHaxsiy vazni 60 grammga engilroq bo'lgan Efremov birinchi o'rinni egallab turibdi. Hozir siltab ko'tarish mashqlari boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar