14 noy 11:30
Yangiliklar
Tennis
ATP Finals. Aleks de Minaur Teylor Fricdan ustun keldi
Dunyoning ettinchi raketkasi Aleks de Minaur Turinda davom etayotgan Yakuniy ATP turniridagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi.
Avstraliyalik tennischi guruh bosqichining so'nggi uchrashuvida reytingda o'zidan bir pog'ona yuqorida borayotgan amerikalik Teylor Fricni mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(3), 6/3. Ikkala tennischi ham 1 tadan g'alaba va 2 mag'lubiyat bilan guruhda qolib ketdi.
To'qson besh daqiqa davom etgan bahsda De Minaur 5, Fric 8 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Aleksda ko'proq bo'ldi - 3 ga 1. Breyklar bo'yicha ustunlik ham tabiiyki, u tomonda - 2 ga 1.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar