10 noy 08:28
Yangiliklar
Tennis
ATP Finals start oldi. Karlos Alkaras ham boshladi
Italiyaning Turin shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 5 million 71 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi ATP Yakuniy turniri boshlandi.
Dunyo reytingida Top-8`talikda borayotgan tennischilar o'rtasidagi ushbu musobaqa ikki guruhda o'tkazilyapti. Jimmi Konnors nomli guruhning ilk uchrashuvida dunyoning ikkinchi raketkasi ispaniyalik Karlos Alkaras ATP reytingida 7-pog'onada borayotgan avstraliyalik Aleks de Minaurni ikki set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(5), 6/2.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan beshinchi uchrashuvi bo'ldi - 5:0. Roppa-rosa 100 daqiqa davom etgan bahsda Alkaras 5, de Minaur 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ustunlik ham ispaniyalik tomonida bo'ldi - 4 ga 2.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar