So’nggi yangiliklar

19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0 14:44Осиё ўйинларида иккинчи бўлган таэквондо терма жамоамиз Париж Гран-присида қатнашади 0 14:13Лионель Месси афсонавий клубнинг фахрий аъзосига айланди 0 13:42"Бу сафар ақл билан ҳаракат қиламан". Двалишвили — Пётр Янга қарши бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 13:11"Ислам фаолиятидаги энг осон жанг бўлади". Собиқ чемпион Махачевнинг эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 12:40Хайме Мунгия жамоаси мажбурий даъвогар Бектемир Мелиқўзиевга пул таклиф қиляпти 0

17 noy 15:34
Yangiliklar

Tennis

ATP reytingi. Alkaras yilni birinchi raketka sifatida yakunladi, tennischimiz 10 pog'ona yuqoriladi

Professional tennischilar Associaciyasi (ATP) haftalik yangi reytingni elon qildi.

Dunyo tennischilari reytingida katta o'zgarish kuzatilmadi. Garchi Yakuniy ATP turniri finalida ikkinchi raketka Yannik Sinnerga imkoniyatni boy bergan bo'lsa-da, 2025 yilgi mavsumni dunyoning birinchi raqamli tennischisi sifatida yakunladi. Unga Turindagi Yakuniy ATP turniridan keyin maxsus kubok topshirildi. Top-10`talikda ham bir nechta o'zgarish kuzatildi. Amerikalik Ben SHelton 5-o'rindan 9-pog'onaga tushib ketdi. Aksincha, ATP Finals yarim finalchisi Feliks Oje 8-pog'onadan 5-o'ringa yuqoriladi. Italiyalik Lorenco Muzetti ham bir o'ringa ko'tarildi. 

Yangilangan reytingdan o'rin olgan 8 tennischimizdan teng yarmi oz bo'lsa-da ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov bir pog'onaga yuqorilagan bo'lsa, ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin aksincha bir o'ringa pastladi. Kecha Bahrayndagi ITF M25 turnirida chempion bo'lgan Fominning ochkolari keyingi hafta uchun hisoblanadi va katta ehtimol bilan u O'zbekistonning birinchi raketkasiga aylanadi. Uchinchi raketkamiz Maksim SHin 10 pog'onaga ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi. Ilya Ignatov va Abdulaziz Usmonjonov 2 o'ringa yuqoriladi. Amir Milushev 10, Batir Sapaev 2, Damir Abdusamadov 5 pog'onaga pastladi. 


ATP reytingi. 17 noyabr kun holatiga ko'ra Top-10:

1. (1) Karlos Alkaras (Ispaniya) - 12 050 ochko

2. (2) Yannik Sinner (Italiya) - 11 500

3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 5160

4. (4) Novak Jokovich (Serbiya) - 4830

5. (8) Feliks Oje-Alyassim (Kanada) - 4245

6. (6) Teylor Fric (AQSH) - 4135

7. (7) Aleks de Minaur (Avstraliya) - 4135

8. (9) Lorenco Muzetti (Italiya) - 4040

9. (5) Ben SHelton (AQSH) - 3970

10. (10) Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) - 2990...


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

396 (397). Humoyun Sultonov — 119 

405 (404). Sergey Fomin — 118 

977 (987). Maksim SHin — 17 (+1)

1347T (1337T). Amir Milushev — 5

1804T (1802T). Botir Sapaev — 1   

1892T (1894T). Ilya Ignatov — 1 

1892T (1894T). Abdulaziz Usmonjonov — 1

1986T (1981T). Damir Abdusamadov — 1      

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing