So’nggi yangiliklar

13:12"Агар дю Плесси Чимаевни енгса, P4P рейтингда Махачевдан ўтиб кетади" - собиқ чемпион 0 12:51Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида гапирди 0 12:30Бугун Фомин Genesis Traiding Cup турниридаги иштирокини бошлайди 0 12:09Нодирбек Абдусатторов Saint Louis Rapid & Blitz турнирида иштирок этади 0 11:48PFL раҳбарияти Фрэнсис Нганнудан норози 0 11:27Хосеп Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этиши керак" 0 11:06"Чимаевга ҳатто профессионал лицензия ҳам бермасдим" - Дю Плессининг мураббийи 0 10:45Бивол IBF`дан камарнинг мажбурий ҳимоясини тиббий томондан кечиктиришни сўради 0 10:24"Qonaev Cup 2025". Суяровда яна ғалаба ва бошқа натижалар 0 10:03ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди 0 09:42Ига Свёнтек Потаповага бешта гейм берди 0 09:21Ўзбекистон ва Қозоғистондан Осиё чемпионати финалига неча нафардан боксчи етиб келди? (Барча жуфтликлар) 0 09:00UFC on ESPN 72 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 08:39"Эшитдик-да". Роналдиньо ва Луиш Фигу Тошкентга келади! 0 08:18Цинциннати "Мастерс". Янник Синнер рақибини сезмади 0

27 jan 11:43
Yangiliklar

Tennis

ATP reytingi. Bir tennischimiz 16 o'rin yuqoriladi, yana ikkisi 20 va 44 pog'onaga pastladi

Bugun professional tennischilar Associaciyasi (ATP) haftalik yangi reytingni elon qildi.

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov 20 pog'onaga pastlab, 236-o'ringa tushib qoldi. O'tgan hafta turnirlarda qatnashmagan Humoyun 20 ochko yo'qotdi. Ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin esa aksincha qo'lga kiritilgan 3 ochko evaziga 16 o'ringa yuqorilab, ayni paytda 561-pog'onani egallab turibdi. Uchinchi raqamli tennischimiz Maksim SHin 44 pog'ona quyiga pastladi. Amir Milushev va Rahimbek Ibrohimovlar ham bir xilda 5 o'ringa pastlashdi. 

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bir nechta o'zgarish kuzatildi. Australian Open turnirida zafar quchgan Yannik Sinner o'tgan yilgi chempionlik ochkolarini muvaffaqiyatli himoya qildi va u hamon katta farq bilan reyting peshqadami bo'lib turibdi. Finalga etib kelgan dunyoning ikkinchi raketkasi Aleksandr Zverev o'z hisobiga 500 ochko qo'shib qo'ydi. Aksincha, 1250 ochkodan mahrum bo'lgan rossiyalik Daniil Medvedev 5-o'rindan 7-pog'onaga pastladi. Kasper Ruud va Novak Jokovich bir, Tommi Pol ikki o'ringa yuqoriladi. 


ATP reytingi. 27 yanvar holatiga ko'ra Top-10:

1. (1) Yannik Sinner (Italiya) - 11830 ochko

2. (2) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 8135

3. (3) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 7010

4. (4) Teylor Fritc (AQSH) - 5350

5. (6) Kasper Ruud (Norvegiya) - 4160

6. (7) Novak Jokovich (Serbiya) - 3900

7. (5) Daniil Medvedev (Rossiya) - 3780

8. (8) Aleks De Minaur (Avstraliya) - 3735

9. (11). Tommi Pol (AQSH) - 3495

10. (9) Andrey Rublyov (Rossiya) - 3130


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

236 (216). Humoyun Sultonov - 245 

561. (577). Sergey Fomin - 63 

1178. (1134). Maksim SHin - 8 

1544T (1539T). Amir Milushev - 3 

2019T (2014T). Rahimbek Ibrohimov - 1 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing