27 okt 14:43
Yangiliklar
ATP reytingi. Bunaqasi kam bo'ladi - 8 tennischimizning bari ko'tarildi
Etiborlisi, yangilangan reytingdan o'rin olgan 8 nafar tennischimizning bari jadvalda ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov qo'lga kiritilgan 4 ochko evaziga 13 pog'onaga yuqorilab, 382-o'rinda qayd etildi. Ikkinchi rakketkamiz Sergey Fomin 3, uchinchi raketkamiz Maksim SHin 3, Amir Milushev 5, Batir Sapaev 8, Ilya Ignatov 13, Abdulaziz Usmonjonov 13, Damir Abdusamadov esa 10 pog'onaga ko'tarilb olgan.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida ham bir nechta o'zgarish kuzatildi. Avstraliyalik Aleks de Minaur va amerikalik Ben SHelton o'zaro joy almashib olishdi. Norvegiyalik Kasper Ruud va kanadalik Feliks Oje yana Top-10`talikka qaytdi. Ispaniyalik Karlos Alkaras hamon reyting peshqadami bo'lib turibdi. Vena turnirida chempion bo'lgan Yannik Sinner qo'lga kiritilgan 500 ochko evaziga Karlosga ancha yaqinlashib oldi.
ATP reytingi. 27 oktyabr kun holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Karlos Alkaras (Ispaniya) - 11 340 ochko
2. (2) Yannik Sinner (Italiya) - 10 500 (+500)
3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 6160 (+230)
4. (4) Teylor Fric (AQSH) - 4685 (+40)
5. (5) Novak Jokovich (Serbiya) - 4580
6. (7) Aleks de Minaur (Avstraliya) - 3935
7. (6) Ben SHelton (AQSH) - 3820 (-280)
8. (8) Lorenco Muzetti (Italiya) - 3685
9. (11) Kasper Ruud (Norvegiya) - 3235 (+90)
10. (12) Feliks Oje (Kanada) - 3195 (+50)…
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
382 (401). Humoyun Sultonov - 126 (+4 ochko)
462 (465). Sergey Fomin - 88 (+1)
982 (985). Maksim SHin - 16
1340T (1345T). Amir Milushev - 5
1812T (1820T). Botir Sapaev - 1
1904T (1917T). Ilya Ignatov - 1
1904T (1917T). Abdulaziz Usmonjonov - 1
1987T (1997T). Damir Abdusamadov - 1

Fikrlar