19 may 19:13
Yangiliklar
ATP reytingi. Bunaqasi kam bo'ladi - 9 tennischimizning bari pastladi
Etiborlisi, 9 nafar tennischimizning bari yangilangan reytingda o'z o'rinlarini yomonlashtirib olgan. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin 2, Ukrainadan mahalliylashtirilgan 17 yoshli ikkinchi raketkamiz Nikita Belozercev 7, uchinchi raqamli tennischimiz Humoyun Sultonov 4 pog'onaga pastlagan.
Afsuski, qolgan tennischilarimiz ham reytingda quyiga sho'ng'ishdi. Abdulaziz Usmonjonov 190 o'ringa pastladi. Maksim SHin 10, Amir Milushev 11, Batir Sapaev 19, Ilya Ignatov 18, Damir Abdusamadov 20 o'rin yo'qotdi.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida ikkita o'zgarish kuzatildi. Amerikalik Teylor Fric va avstraliyalik Aleks de Minaur o'zaro o'rin almashib olgan bo'lsa, qozog'istonlik Aleksandr Bublik yana Top-10`ga qaytdi. Dunyoning birinchi raketkasi Yannik Sinner o'z hisobiga 350 ochko qo'shib oldi. Ikkinchi raketka Karlos Alkaraz esa aksincha chempionlik ballarini himoya qila olmagani ortidan 1000 reyting ochkosidan mahrum bo'ldi.
ATP reytingi. 18 may holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Yannik Sinner (Italiya) — 14 700 (+350).
2. (2) Karlos Alkaras (Ispaniya) — 11 960 (-1000).
3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) — 5705 (-100).
4. (4) Novak Jokovich (Serbiya) — 4710 (+10).
5. (5) Feliks Oje-Alyassim (Kanada) — 4060 (+10).
6. (6) Ben SHelton (AQSH) — 4030.
7. (9) Daniil Medvedev (Rossiya) — 3760 (+300).
8. (7) Teylor Fric (AQSH) — 3770 (-50).
9. (8) Aleks de Minor (Avstraliya) — 3755 (-90).
10. (11) Aleksandr Bublik (Qozog'iston) — 3230 (-125).
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
292 (290). Sergey Fomin — 181 (-2)
787 (780). Nikita Belozercev — 36
806 (802). Humoyun Sultonov — 34
992 (982). Maksim SHin — 19
1402T (1391T). Amir Milushev — 5
1884T (1865T). Batir Sapaev — 1
1972T (1954T). Ilya Ignatov — 1
2079T (2059T). Damir Abdusamadov — 1
2144T (1954T). Abdulaziz Usmonjonov — 1

Fikrlar