So’nggi yangiliklar

18:56Жон Жонс октагонга қайтиш имкониятини инкор этмади 0 18:25Умар Нурмагомедов Абу-Дабидаги ҳодисага илк бор изоҳ берди 0 17:54Баҳодир Жалолов америкалик собиқ рақиби Ричард Торрес билан учрашди (ФОТО) 0 17:23Шон О’Мэллининг RAF лигасидаги дебют жанги белгиланди 0 16:52Почеттино "Манчестер Юнайтед"нинг 100 йиллик антирекордини такрорлади 0 16:21Нодирбек Абдусатторов: "Натижа қандай бўлмасин, партияга келиб ўйнаш керак!" 0 15:50Формула-1. Макс Ферстаппен — Лас-Вегас Гран-приси ғолиби! 0 15:19Швеция россиялик спортчиларга виза бермайди 0 14:48Диего Симеоне Ла Лигада Луис Арагонеснинг тарихий мураббийлик рекордини янгилади 0 14:17Қозоғистон билан бирга Ҳиндистон ҳам UFC турнирига илк бор мезбонлик қилиши мумкин 0 13:46Ўзбекистон елканли спорт федерацияси World Sailing’нинг тўлақонли аъзосига айланди 0 13:13Асу Алмабаев мағлубиятдан кейин: "Ғолиб бўлдим, деб ўйлагандим" 0 12:42U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз Ямайкага қарши баҳс олиб боради 0 12:11Махачев Усман ва Мераб можароси ҳақида: "Бизнинг йигитлар нотўғри иш қилди, деб ҳисобламайман" 0 11:40Тошкент Жаҳон чемпионатини юқори савияда ўтказди 0

08 apr 16:52
Yangiliklar

Tennis

ATP reytingi. CHempion Fomin yaxshigina yuqoriladi, Sultonov o'z o'rnida, Top-10`da bitta o'zgarish

Professional tennischilar Associaciyasi (ATP) haftalik yangi reytingni elon qildi.

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov o'tgan haftadagi o'rni (229)ni saqlab qoldi. U o'z hisobiga 3 ochko qo'shib qo'ydi. Bir hafta avval Antaliya turnirida chempion bo'lgan ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin 14 ochko jamg'ardi va buning natijasida 56 pog'onaga ko'tarilib oldi. Ikki kun oldin Antaliya turnirida vice-chempion bo'lgan Fominning navbatdagi ochkolari kelasi hafta reytingi uchun hisoblanadi va tabiiyki, u reytingda yana yuqorilaydi. Maksim SHin 4 pog'onaga pastlagan bo'lsa, Amirbek Milushev va Rahimbek Ibrohimov aksincha 4 o'ringa ko'tarilishdi. 

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bitta o'zgarish kuzatildi. Britaniyalik Jek Dreyper bir pog'onaga yuqorilab, norvegiyalik Kasper Ruud bilan o'rin almashib oldi. Qolganlar o'tgan haftadagi mavqeylarini saqlab qolishdi. Italiyalik Yannik Sinner uch oyga katta tennisdan chetlatilganiga qaramay, hamon katta farq bilan reytingdagi peshqadamligini davom ettirmoqda. Kuchli uchlikdan germaniyalik Aleksandr Zverev va ispaniyalik Karlos Alkaraz joy olgan. 


ATP reytingi. 7 aprel holatiga ko'ra Top-10:

1. (1) Yannik Sinner (Italiya) - 10330 ochko

2. (2) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 7645

3. (3) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 6720

4. (4) Teylor Fritc (AQSH) - 5290

5. (5) Novak Jokovich (Serbiya) - 4510

6. (7) Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) - 3780

7. (6) Kasper Ruud (Norvegiya) - 3765

8. (8) Stefanos Cicipas (Greciya) - 3445

9. (9) Andrey Rublyov (Rossiya) - 3440

10. (10) Aleks De Minaur (Avstraliya) - 3335


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

229 (229). Humoyun Sultonov - 247 (+3) 

499. (555). Sergey Fomin - 80 (+14) 

1260. (1156). Maksim SHin - 6 

1716T (1720T). Amir Milushev - 2 

1957T (1961T). Rahimbek Ibrohimov - 1 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing