So’nggi yangiliklar

11:59Яхши хабар: ўзбекистонлик ёш спортчи UFC BJJ Opens турнирида қатнашади! 0 11:36Шаҳрам Ғиёсов мағлубиятдан кейин илк бор кўриниш берди (ВИДЕО) 0 11:0819 ёшли Кими Антонелли Канада Гран-приси ғолиби! Хэмилтон нечанчи бўлди? 0 10:41А Серия. "Милан" аламли тарзда ЕЧЛ йўлланмасидан қуруқ қолди, камтаргина "Комо" ЕЧЛда! (+ВИДЕО) 0 10:18Гимнастикачиларимиз Жаҳон челленж кубогини 10 та медаль билан якунлашди 0 09:46Лайлохон Собирова Осиё чемпиони! Яна икки курашчи қизларимиз ҳам шоҳсупада! (+ФОТО) 0 09:17Усик — Верхувен жанги статистикаси эълон қилинди 0 08:53Португалияда сенсация: Иккинчи дивизион вакили Кубок финалида "Спортинг"ни мағлуб этди! 0 08:28Тарихий натижа! Юнон-рум курашчиларимиз 7 та медаль билан Осиё чемпионатида биринчи бўлишди 0 08:01Ислам Махачев UFC’даги навбатдаги жанги санасини тасдиқлади 0 19:03"Жон деб". Рико Верхувен Усик билан реванш истагини билдирди 0 18:39"Челси" ва "Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани қайтармоқчи 0 18:18"Давом этиш керак эди". Жошуа Усик — Верхувен жанги ҳақида фикр билдирди 0 17:54"Жон Жонс — ММА оламидаги Майкл Жордан" - Дана Уайт 0 17:26Сауль Альварес Усикнинг баҳсли ғалабаси ҳақида фикр билдирди 0

31 mar 12:59
Yangiliklar

Tennis

ATP reytingi. Etakchilarimiz pastlashdi. Rahimbek 72, Novakni yutgan Yakub 30 pog'ona ko'tarildi

Bugun professional tennischilar Associaciyasi (ATP) haftalik yangi reytingni elon qildi.

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov 8 pog'ona pastlab, 229-o'rinni egallab turibdi. U ikki hafta turnirlarda ishtirok etmadi va buning natijasida 12 ochko yo'qotdi. Kecha Antaliya turnirida chempion bo'lgan ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin 2 ochko yo'qotdi va 12 pog'onaga pastladi. Uning kechagi chempionlik ochkolari kelasi hafta reytingi uchun hisoblanadi. Qolgan uch tennischimiz o'z o'rinlarini yaxshilab olishdi. Maksim SHin 5, Amirbek Milushev 19, Rahimbek Ibrohimov esa oz emas, ko'p emas, 72 o'ringa ko'tarilgan. 

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida ham o'zgarishlar kuzatildi. Rossiyalik Daniil Medvedev uzoq muddatdan keyin Top-10`talikni tark etdi. U Mayami "Masters" turniridagi o'tgan yilgi 1/2 final ochkolari himoya qila olmadi. Mayami turnirida shov-shuvli tarzda chempion bo'lgan chexiyalik 19 yoshli Yakub Menshik 54-pog'onadan 24-o'ringa ko'tarilib oldi. 

Italiyalik Yannik Sinner uch oyga katta tennisdan chetlatilganiga qaramay, hamon katta farq bilan reyting peshqadami bo'lib turibdi. Kuchli uchlikdan germaniyalik Aleksandr Zverev va ispaniyalik Karlos Alkaraz joy olgan. Stefanos Cicipas ikki pog'onaga yuqoriladi. 


ATP reytingi. 31 mart holatiga ko'ra Top-10:

1. (1) Yannik Sinner (Italiya) - 10330 ochko

2. (2) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 7645

3. (3) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 6720

4. (4) Teylor Fritc (AQSH) - 5290

5. (5) Novak Jokovich (Serbiya) - 4510

6. (6) Kasper Ruud (Norvegiya) - 3855

7. (7) Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) - 3780

8. (10) Stefanos Cicipas (Greciya) - 3445

9. (9) Andrey Rublyov (Rossiya) - 3440

10. (11) Aleks De Minaur (Avstraliya) - 3335


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

229 (221). Humoyun Sultonov - 244 (-12) 

555. (543). Sergey Fomin - 66 (-2) 

1256. (1161). Maksim SHin - 6 

1720T (1739T). Amir Milushev - 2 

1961T (2033T). Rahimbek Ibrohimov - 1 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing