14 okt 09:47
Yangiliklar

ATP reytingi. SHanxay "Masters" g'olibi 164 pog'ona ko'tarildi. Etakchi tennischilarimiz ham yuqorilashdi
Yangilangan reytingdan 8 nafar tennischimiz joy olgan. 19 yoshli Ilya Ignatov ilk bor ATP reytingiga kirdi. U hozirda O'zbekistonning oltinchi raketkasi bo'lib turibdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov 3, ikkinchi rakketkamiz Sergey Fomin 2, uchinchi raketkamiz Maksim SHin esa 17 pog'onaga yuqorilashga muvaffaq bo'ldi. Amir Milushev 9, Batir Sapaev 4, Abdulaziz Usmonjonov 3 pog'onaga pastladi. Damir Abdusamadov o'z o'rnida o'zgarishsiz qoldi.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bitta o'zgarish kuzatildi. Italiyalik Lorenco Muzetti va britaniyalik Jek Dreyper o'zaro o'rin almashib olishdi. SHanxay "Masters" turnirida katta shov-shuv ko'tarib, yakunda chempion bo'lgan monegasklik Valenten Vashero 164 pog'onaga ko'tarilib, 40-o'ringa joylashdi. U faoliyatida ilk bor Top-100`talikda debyut qildi. Ushbu turnir finalchisi franciyalik Artyur Rinderknesh ilk bor Top-30`talikka kirdi. Ispaniyalik Karlos Alkaras hamon reyting peshqadami bo'lib turibdi.
ATP reytingi. 13 oktyabr kun holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Karlos Alkaras (Ispaniya) - 11 340 ochko (-200)
2. (2) Yannik Sinner (Italiya) - 10 000 (-950)
3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 5930 (-50)
4. (4) Teylor Fric (AQSH) - 4645 (-350)
5. (5) Novak Jokovich (Serbiya) - 4580 (-250)
6. (6) Ben SHelton (AQSH) - 4100 (-90)
7. (7) Aleks de Minaur (Avstraliya) - 3935 (+200)
8. (9) Lorenco Muzetti (Italiya) - 3645 (+90)
9. (8) Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) - 3590
10. (10) Karen Xachanov (Rossiya) - 3190…
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
400 (397). Humoyun Sultonov - 122
490 (492). Sergey Fomin - 88 (+2)
1001 (1018). Maksim SHin - 15 (+1)
1345T (1336T) Amir Milushev - 5
1811T (1807T). Botir Sapaev - 1
1906T Ilya Ignatov - 1 (+1)
1906T (1903T) Abdulaziz Usmonjonov - 1
1993T (1993T). Damir Abdusamadov - 1
Fikrlar