21 apr 14:32
Yangiliklar

ATP reytingi. Sultonovdan tashqari qolgan hamma ko'tarildi, Top-10`da o'zgarishlar
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov o'tgan hafta bilan taqqoslaganda bir pog'onaga pastlab, 224-o'rinni egallab turibdi. Qolgan barcha tennischilarimiz oz bo'lsa-da, reytingda yuqorilashga muvaffaq bo'lishdi. Ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin qo'lga kiritilgan 2 ochko evaziga 2 pog'onaga yuqoriladi. Maksim SHin 6, Amir Milushev 2, Rahimbek Ibrohimov 5 o'ringa ko'tarildi.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida ham o'zgarishlar kuzatildi. Barselona turniri chempioni Xolger Rune 13-pog'onadan 9-o'ringa ko'tarildi. Barselona turnirining o'tgan yilgi chempioni Kasper Ruud aksincha, Top-10`ni tark etdi. Myunxen turnirida chempion bo'lgan germaniyalik Aleksandr Zverev Barselona turniri finalida yutqazgan Karlos Alkaraz bilan o'rin almashib oldi va endi u dunyonig ikkinchi raketkasi.
ATP reytingi. 21 aprel holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Yannik Sinner (Italiya) - 9930 ochko
2. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 8085
3. (2) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 8050
4. (4) Teylor Fritc (AQSH) - 5115
5. (5) Novak Jokovich (Serbiya) - 4120
6. (6) Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) - 3820
7. (7) Aleks De Minaur (Avstraliya) - 3585
8. (8) Andrey Rublyov (Rossiya) - 3530
9. (13) Xolger Rune (Daniya) - 3480
10. (9) Daniil Medvedev (Rossiya) - 3290...
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
224 (223). Humoyun Sultonov - 251
461 (463). Sergey Fomin - 97 (+2)
1257 (1263). Maksim SHin - 6
1717T (1719T). Amir Milushev - 2
1952T (1957T). Rahimbek Ibrohimov - 1
Fikrlar