20 may 09:59
Yangiliklar

ATP reytingi. Tennischilarimiz mos ravishda 18 va 85 pog'onaga ko'tarilishdi, Top-10`da ham o'zgarishlar
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov bir pog'onaga pastlab, 224-o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin qo'lga kiritilgan 3 ochko evaziga 18 pog'onaga yuqoriladi. Amir Milushev 7, Rahimbek Ibrohimov 85 pog'onaga ko'tarildi. Maksim SHin esa 8 pog'onaga pastlagan.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida ham bir nechta o'zgarish kuzatildi. Rim "Masters" turniri chempioni ispaniyalik Karlos Alkaraz dunyoning ikkinchi raketkasiga aylandi. Germaniyalik Aleksandr Zverev yo'qotilgan 800 ochko sabab uchinchi o'ringa pastladi. U o'tgan yili Rim "Masters" turnirida chempion bo'lgandi. Bu yil esa 1/4 finalda yutqazib, chempionlik ochkolarini himoya qila olmadi.
ATP reytingi. 19 may holatiga ko'ra Top-10:
1 (1). Yannik Sinner (Italiya) - 10 380 ochko (+650)
2 (3). Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 8850 (+1000)
3 (2). Aleksandr Zverev (Germaniya) - 7285 (-800)
4 (4). Teylor Fritc (AQSH) - 4625 (-190)
5 (5). Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) - 4610 (+170)
6 (6). Novak Jokovich (Serbiya) - 4080 (-50)
7 (7). Kasper Ruud (Norvegiya) - 3905 (+190)
8 (9). Lorenco Muzetti (Italiya) - 3860 (+310)
9 (8). Aleks De Minaur (Avstraliya) - 3635
10 (10). Xolger Rune (Daniya) - 3440
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
224 (223). Humoyun Sultonov - 250 (-1)
462 (480). Sergey Fomin - 93 (+3)
1679 (1686). Amir Milishev - 2
1734T (1226T). Maksim SHin - 2
1854T (1939T). Rahimbek Ibrohimov - 1
Fikrlar