So’nggi yangiliklar

19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0 14:44Осиё ўйинларида иккинчи бўлган таэквондо терма жамоамиз Париж Гран-присида қатнашади 0 14:13Лионель Месси афсонавий клубнинг фахрий аъзосига айланди 0 13:42"Бу сафар ақл билан ҳаракат қиламан". Двалишвили — Пётр Янга қарши бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 13:11"Ислам фаолиятидаги энг осон жанг бўлади". Собиқ чемпион Махачевнинг эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 12:40Хайме Мунгия жамоаси мажбурий даъвогар Бектемир Мелиқўзиевга пул таклиф қиляпти 0

10 iyu 10:23
Yangiliklar

Boks/MMA, Tennis

ATP reytingi. Tennischilarimizdan biri 270, ikkinchisi 685 pog'onaga ko'tarildi, dahshat!

Professional tennischilar Associaciyasi (ATP) haftalik yangi reytingni elon qildi.

Quvonarlisi, yangilangan reytingga 8 nafar tennischimiz kiritildi. Yana ham muhimi, ikki tennischimiz reytingda yaxshigina ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi. Maksim SHin Toshkent turnirlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki sabab 685 pog'onaga ko'tarilib, 1052-o'rinni egallab turibdi. U bu ko'tarilish evaziga O'zbekistonning uchinchi raketkasiga aylanib oldi. Amir Milushev esa 270 pog'onaga yuqorilab, hozirda 1409-o'rindan joy olgan. U endi to'rtinchi raketkamiz. Ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin ham 6 pog'onaga ko'tarildi.    

Aksincha, mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov 4 pog'onaga pastlab, 227-o'ringa tushdi. Rahimbek Ibrohimov 102 pog'onaga sho'ng'idi. Fomin muvaffaqiyatli ishtiroki sabab o'z hisobiga 3, SHin 10, Milushev 2 ochko qo'shib oldi. Yangilangan reytingga o'zbekistonlik tennischilardan Botir Sapaev, Abdulaziz Usmonjonov va Damir Abdusamadov kiritildi.     

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida ham bir nechta o'zgarish kuzatildi. "Rolan Garros" chempioni Karlos Alkaraz dunyoning birinchi raketkasi bilan oradagi farqni birmuncha qisqartirdi. Finalda Karlosga imkoniyatni boy bergan Yannik Sinner hamon dunyoning birinchi raketkasi bo'lib turibdi. Uchinchi pog'onadagi Aleksandr Zverev ham o'z o'rnida o'zgarishsiz qoldi. Britaniyalik Jek Dreyper, serbiyalik Novak Jokovich, italiyalik Lorenco Muzetti avvalgi o'rinlariga nisbatan ko'tarilib olishdi.  


ATP reytingi. 9 iyun holatiga ko'ra Top-10:

1 (1) Yannik Sinner (Italiya) -10 880 ochko

2 (2) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 8 850

3 (3) Aleksandr Zverev (Germaniya)- 6 385

4 (5) Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) - 4 800

5 (6) Novak Jokovich (Serbiya) - 4 630

6 (7) Lorenco Muzetti (Italiya) - 4 560

7 (4) Teylor Fritc (AQSH) - 4 485

8 (11) Tommi Pol (AQSH) - 3 510

9 (10) Xolger Rune (Daniya) - 3 440

10 (9) Aleks De Minaur (Avstraliya) - 3 285


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

227 (223). Humoyun Sultonov - 247 (-3)  

447 (453). Sergey Fomin - 99 (+3) 

1052 (1734). Maksim SHin - 12 (+10)

1409 (1679) Amir Milushev - 4 (+2)

1771T. Botir Sapaev - 1 (+1)  

1867T. Abdulaziz Usmonjonov - 1 (+1)

1962T. Damir Abdusamadov - 1 (+1) 

1860 (1962T). Rahimbek Ibrohimov - 1 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing