05 may 18:08
Yangiliklar

ATP reytingi. Tennischimiz 469 pog'onaga pastladi, Top-10`da bir nechta o'zgarish
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov bir pog'onaga yuqrilab, 223-o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin 7 ochko yo'qotib, 19 pog'onaga pastladi. Bugun O'zbekistonning uchinchi raketkasi o'zgardi. Amir Milushev 31 yangilangan reytingda 31 o'ringa ko'tarilib oldi. Maksim SHin esa oz emas, ko'p emas, 469 pog'onaga pastlab, uchinchi raketka maqomini boy berdi. Rahimbek Ibrohimov esa o'tgan hafta bilan taqqoslaganda 13 o'ringa ko'tarilgan.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bir nechta o'zgarish kuzatildi. Madrid "Masters" turniri chempioni norvegiyalik Kasper Ruud 15-pog'onadan 7-o'ringa ko'tarilib oldi. Ushbu musobaqa vice-chempioni britaniyalik Jek Dreyper dunyoning beshinchi raketkasiga aylandi. Top-4`talikdan joy olganlar o'tgan haftadagi o'rinlarini saqlab qolishdi. Italiyalik Lorenco Muzetti Top-10`ga kirib oldi.
ATP reytingi. 5 may holatiga ko'ra Top-10:
1 (1). Yannik Sinner (Italiya) - 9730 ochko
2 (2). Aleksandr Zverev (Germaniya) - 8085.
3 (3). Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 7850.
4 (4). Teylor Fritc (AQSH) - 4815.
5 (6). Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) - 4440.
6 (5). Novak Jokovich (Serbiya) - 4130.
7 (15). Kasper Ruud (Norvegiya) - 3715.
8 (7). Aleks De Minaur (Avstraliya) - 3635.
9 (11). Lorenco Muzetti (Italiya) - 3550.
10 (9). Xolger Rune (Daniya) - 3440.
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
223 (224). Humoyun Sultonov - 251
480 (461). Sergey Fomin - 90 (-7)
1686 (1717). Amir Milishev - 2
1726T (1257T). Maksim SHin - 2 (-4)
1939T (1952T). Rahimbek Ibrohimov - 1
Fikrlar