03 mar 15:35
Yangiliklar

ATP reytingi. Top-10`da o'zgarishlar, uch tennischimiz yuqoriladi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov 2 pog'ona yuqorilab, 218-o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin Portugaliya turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki sabab 3 ochko jamg'ardi hamda 11 pog'onaga ko'tarilib, 564-o'ringa joylashdi. Maksim SHin ham 2 pog'onaga ko'tarilib oldi. Amirbek Milushev esa aksincha 3, Rahimbek Ibrohimov 1 o'ringa pastlagan.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida o'zgarishlar kuzatildi. Dubay turnirida chempion bo'lgan greciyalik Stefanos Cicipas Top-10 ga qaytdi. Rossiyalik Andrey Rublyov ham 9-pog'onadan 8-o'ringa ko'tarildi. Akapulko turniridagi chempionligini himoya qila olmagan avstraliyalik Aleks De Minaur 8-o'rindan 10-pog'onaga pastladi.
Italiyalik Yannik Sinner uch oyga katta tennisdan chetlatilganiga qaramay, hamon katta farq bilan reyting peshqadami bo'lib turibdi. Kuchli uchlikdan germaniyalik Aleksandr Zverev va ispaniyalik Karlos Alkaraz joy olgan.
ATP reytingi. 3 mart holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Yannik Sinner (Italiya) - 11330 ochko
2. (2) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 8135
3. (3) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 7510
4. (4) Teylor Fritc (AQSH) - 4900
5. (5) Kasper Ruud (Norvegiya) - 4045
6. (6) Daniil Medvedev (Rossiya) - 3930
7. (7) Novak Jokovich (Serbiya) - 3900
8. (9) Andrey Rublyov (Rossiya) - 3480
9. (11) Stefanos Cicipas (Greciya) - 3405
10. (8) Aleks De Minaur (Avstraliya) - 3335
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
218 (221). Humoyun Sultonov - 254
564. (575). Sergey Fomin - 64
1177. (1179). Maksim SHin - 8
1554T (1551T). Amir Milushev - 3
2023T (2022T). Rahimbek Ibrohimov - 1
Fikrlar