So’nggi yangiliklar

12:51Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида гапирди 0 12:30Бугун Фомин Genesis Traiding Cup турниридаги иштирокини бошлайди 0 12:09Нодирбек Абдусатторов Saint Louis Rapid & Blitz турнирида иштирок этади 0 11:48PFL раҳбарияти Фрэнсис Нганнудан норози 0 11:27Хосеп Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этиши керак" 0 11:06"Чимаевга ҳатто профессионал лицензия ҳам бермасдим" - Дю Плессининг мураббийи 0 10:45Бивол IBF`дан камарнинг мажбурий ҳимоясини тиббий томондан кечиктиришни сўради 0 10:24"Qonaev Cup 2025". Суяровда яна ғалаба ва бошқа натижалар 0 10:03ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди 0 09:42Ига Свёнтек Потаповага бешта гейм берди 0 09:21Ўзбекистон ва Қозоғистондан Осиё чемпионати финалига неча нафардан боксчи етиб келди? (Барча жуфтликлар) 0 09:00UFC on ESPN 72 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 08:39"Эшитдик-да". Роналдиньо ва Луиш Фигу Тошкентга келади! 0 08:18Цинциннати "Мастерс". Янник Синнер рақибини сезмади 0 07:57UFC on ESPN 72 турнирининг барча жанглари натижаси битта хабарда + ФОТО 0

17 iyu 13:00
Yangiliklar

Tennis

ATP reytingi. Top-10`da yangi mehmon, tennischilarimizda vaziyat chatoq

Professional tennischilar Associaciyasi (ATP) haftalik yangi reytingni elon qildi.

Yangilangan reytingdan xuddi o'tgan haftada bo'lgani singari 8 nafar tennischimiz joy olgan. Lekin etakchi raketka ustalarimiz reytingda pasayishgan. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov 3, ikkinchi raqamli tennischimiz Sergey Fomin 4, uchinchi raketkamiz Maksim SHin esa o'tgan hafta bilan taqqoslaganda 2 pog'onaga pastlagan. 

Aksincha, oz bo'lsa-da, Amir Milushev 4, Batir Sapaev 2, Abdulaziz Usmonjonov 1 pog'onaga ko'tarilgan. Damir Abdusamadov va Rahimbek Ibrohimov bir xilda 6 pog'onaga quyiga "sho'ng'ishdi". 

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bir nechta o'zgarish kuzatildi. SHtutgart turniri chempioni Teylor Fric Top-5`ga qaytdi. Jek Dreyper esa aksincha, 4-o'rindan 6-pog'onaga tushdi. SHtutgart turniri yarim finalchisi Ben SHelton Top-10`talikda debyut qildi. Xertogenbosdagi chempionlik ochkolarini himoya qila olmagan Aleks De Minaur Top-10`talikni tark etdi. Italiyalik Yannik Sinner hamon dunyoning birinchi raketkasi bo'lib turibdi. Karlos Alkaraz va Aleksandr Zverev kuchli uchlikdagi o'rinlarini saqlab qolishdi. 

ATP reytingi. 16 iyun holatiga ko'ra Top-10:

1. (1) Yannik Sinner (Italiya) - 10880 ochko

2. (2) Karlos Alkaras (Ispaniya) - 8850

3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 6500

4. (7) Teylor Fric (AQSH) - 4735

5. (5) Novak Jokovich (Serbiya) - 4630

6. (4) Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) - 4550

7. (6) Lorenco Muzetti (Italiya) - 4470

8. (8) Tommi Pol (AQSH) - 3470

9. (9) Xolger Rune (Daniya) - 3440

10. (12) Ben SHelton (AQSH) - 3170


O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:

230 (227). Humoyun Sultonov - 247   

451 (447). Sergey Fomin - 99  

1054 (1052). Maksim SHin - 12 

1405 (1409) Amir Milushev - 4 

1769 (1771T). Botir Sapaev - 1   

1866T (1867T) Abdulaziz Usmonjonov - 1

1968T (1962T). Damir Abdusamadov - 1 

1968 (1962T). Rahimbek Ibrohimov - 1 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing