17 fev 14:19
Yangiliklar

ATP reytingi. Uch oyga "chopilgan" peshqadam hamon o'z o'rnida, uch tennischimiz ko'tarildi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov to'rt pog'onaga yuqorilab, 229-o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi raketkamiz Sergey Fomin ham bu hafta ko'tarildi. U uch pog'onaga yuqoriladi. Uchinchi raqamli tennischimiz Maksim SHin ham o'tgan hafta bilan taqqoslaganda, uch pog'onaga o'z holatini yaxshilab oldi. Amirbek Milushev va Rahimbek Ibrohimov aksincha, uch o'ringa pastlashdi.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida ikkita o'zgarish kuzatildi. Rossiyalik Daniil Medvedev va avstraliyalik Aleks De Minaur o'zaro o'rin almashib olishdi. Qizig'i, o'tgan hafta reytingida bu galgi o'zgarishning aksi bo'lgandi. Italiyalik Yannik Sinner uch oyga katta tennisdan chetlatilganiga qaramay, hamon katta farq bilan reyting peshqadami bo'lib turibdi. U bu hafta 500 reyting ochkosidan mahrum bo'ldi.
ATP reytingi. 17 fevral holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Yannik Sinner (Italiya) - 11330 ochko
2. (2) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 8135
3. (3) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 7410
4. (4) Teylor Fritc (AQSH) - 4900
5. (5) Kasper Ruud (Norvegiya) - 4480
6. (8) Daniil Medvedev (Rossiya) - 3930
7. (7) Novak Jokovich (Serbiya) - 3900
8. (6) Aleks De Minaur (Avstraliya) - 3735
9. (9) Tommi Pol (AQSH) - 3280
10. (10) Andrey Rublyov (Rossiya) - 3220...
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
229 (233). Humoyun Sultonov - 245
558. (565). Sergey Fomin - 64
1176. (1179). Maksim SHin - 8
1547T (1544T). Amir Milushev - 3
2017T (2014T). Rahimbek Ibrohimov - 1
Fikrlar